Все Кредиты
Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida qurilish materiallarini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar bilan birga sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, bunda trening dsturlaridan keng foydalanish vazifalari belgilangan.
Shunga koʻra, oʻtgan yili Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida tadbirkorlar va manfaatdor aholi vakillari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari oʻtkazib kelinmoqda.
Samarqandlik koʻp sonli tadbirkorlar va fuqarolarning takliflariga binoan markaz ushbu hududda ham tashkil qilindi.
Markaz tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda yoʻlga qoʻyishga qaratilgan 24 soatlik dastlabki oʻquv kurslari oʻtkazildi.
Unda tinglovchilar tarmoqqa doir muhim yoʻnalishlarda zamonaviy bilimlarga ega boʻldi, moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligi oshirildi.
Oʻquv kursini muaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar oʻz ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyib olgunga qadar markaz tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi.
Maxsus kurslar boshqa viloyatlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
B.Bozarov,
Bank Axborot xizmati rahbari –
Boshqaruv Raisi axborot siyosati
masalalari boʻyicha maslahatchisi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari sanoatidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida tarmoq ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...