Все Кредиты
Joriy yilning 22-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya jarayonlari hamda davlat dasturlari ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Unda parlament quyi palatasi deputatlari, bank rahbariyati, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda keyingi yillarda moliyaviy sektorni izchil isloh qilish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, ilgʻor bank biznesini yuritish, sohada raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni bilan bank tizimini isloh qilishning keng miqyosli yoʻnalishlari belgilab berildi.
Seminarda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ekspertlari koʻmagida olib borilayotgan keng koʻlamli transformatsiya jarayonida ushbu farmon talablariga katta eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlab oʻtildi.
Xususan, transformatsiya jarayonlarining dastlabki bosqichda bank faoliyati toʻliq diagnostikadan oʻtkazildi, boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilma xalqaro talablarga muvofiqlashtirildi.
Bank tarmoqlarida mijozlarga individual xizmat koʻrsatuvchi menejerlar doirasi shakllantirilib, mijozbay xizmat koʻrsatish tizimi joriy etildi.
Kredit risklarini xolis va samarali boshqarish maqsadida alohida kredit blok va anderrayting tizimi ishga tushirildi. Zamonaviy risk menejment va komplayens-nazorat tizimi joriy qilindi.
Tarmoqlarning tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilib, ular faoliyati mahsulot sotishga yoʻnaltirildi. Mijozlarga istalgan tarmoqdan xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida barcha filiallararo operatsiyalar yagona bank kodiga oʻtkazildi.
Xodimlar uchun mehnatga haq toʻlashning zamonaviy ragʻbatlantiruvchi usuli yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishda hujjatlar rasmiylashtiruvi soddalashtirildi. Jismoniy shaxslarga kredit ajratish muddati 10 kundan 3 kungacha, talab etiladigan hujjatlar soni 10 tadan 2 taga qisqartirildi. Yuridik shaxslar borasida esa, kredit ajratish muddati 30 kundan 10 kunga, talab etiladigan hujjatlar soni 32 tadan 10 taga kamaytirildi. Natijada, bank tizimida kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 2,6 barobarga, jismoniy shaxslar uchun 1,6 barobarga oshirilib, chakana mijozlar soni 1,7 barobarga oʻsdi. Bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga koʻpaydi.
Natijada, bank tizimida kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 2,6 barobarga, jismoniy shaxslar uchun 1,6 barobarga oshirilib, chakana mijozlar soni 1,7 barobarga oʻsdi. Bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga koʻpaydi.
Deputatlar bank xizmatlarini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar borasida maʼlumotlar bilan qiziqdi. Mutaxassislar tomonidan bank xizmatlari bilan bir qatorda onlayn bozorni oʻzida birlashtirgan unikal platforma – JOYDA ilovasiga toʻxtalib, bugungi kunda mijozlar ushbu ilova orqali barcha turdagi anʼanaviy bank xizmatlaridan onlayn tarzda samarali foydalanib kelayotgani taʼkidlandi.
Bu borada yana bir yirik loyiha – “SQB Business” internet bank xizmatining ishga tushirilishi natijasida tadbirkor va yuridik shaxs maqomidagi mijozlar bankdagi oʻz hisob raqamlarini 24/7 rejimida boshqarish asosida qator imkoniyatlarga ega boʻlayotgani aytib oʻtildi.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan davlat dasturlari borasida bank zimmasiga yuklangan vazifalar va ularning ijrosi taqdimot qilindi.
Jumladan, respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan toʻldirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish va loyihalarni moliyalashtirishda Bank masʼulligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Seminar qizgʻin fikr almashuvlar shaklida oʻtib, ishtirokchilar bugungi kunda respublika bank tizimida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash yuzasidan Oʻzsanoatqurilishbankning roli muhim ekanligi, ular tomonidan joriy etilayotgan xorijiy tajriba va tizimni raqamlashtirishning dolzarbligi taʼkidlanib, kelgusida korporativ boshqaruv va mijozlar bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilishi lozim ekanligi qayd etildi hamda tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Behzod Bozarov,
Bank Axborot xizmati rahbari –
Boshqaruv Raisining axborot siyosati
masalalari boʻyicha maslahatchisi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari sanoatidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida tarmoq ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...