Davlat dasturlari ijrosi

Jizzaxda “Tadbirkorlar maktabi” ochildi


17.03.2023 11:15

Jizzaxda “Tadbirkorlar maktabi” ochildi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda Jizzax politexnika instituti qoshida “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazining Jizzax filiali tashkil etildi.

Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida hududda “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi filialini tashkil etish boʻyicha topshiriq berilgan edi.

Shu maqsadda “Tadbirkorlar maktabi”ning Jizzax filiali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Markazda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari oʻz malaka va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oʻquv kurslari Jizzax politexnika instituti hamda ilmiy tadqiqot institutlari professor-oʻqituvchilari tomonidan bazalt asosli issiqlik saqlovchi materiallar, bazalt setkasi va boshqa shu kabi energiya tejamkor materiallar ishlab chiqarish mavzularida olib boriladi.

Mashgʻulotlar davomida tinglovchilar uchun Forish tumanidagi “Basalt” klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida sayyor oʻquvlar ham olib boriladi. Bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultativ yordam koʻrsatiladi.

Taʼlim olish va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash – mutloqo BEPUL.

 

Bank Axborot xizmati

 





Другие новости


Дата последнего обновления: 17.03.2023 11:18  
up