Все Кредиты
Hurmatli hamyurtlar!
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishga, balki ko‘plab ijtimoiy masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi muhim soha. Bu – aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, hududlardagi infratuzilmalar, xizmat ko‘rsatish va servis jozibadorligini oshirish, bu – inson salohiyatini ishga solish, ilm-fan va innovatsiyalar taraqqiyoti omilidir.
Shu bois mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari qo‘llanilmoqda.
Ushbu islohotlarning mas’ul ijrochilari qatorida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan zarur tizim yaratildi, ishchi guruhi tashkil etildi, imtiyozli kredit mahsulotlari ishlab chiqildi.
Natijada joriy yilning birinchi yarmida 5 338 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi. Ularni tadbiq etish uchun 78,2 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, o‘n mingga yaqin aholi bandligi ta’minlandi.
Prezidentimizning 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 357 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 1 250 ta ish o‘rni barpo etildi.
7 917 ta mahallada 248,5 mlrd. so‘mlik mikroloyihalar amalga oshirildi. Buning samarasida ushbu hududlarda 16 230 dan ortiq aholi qatlami ish bilan ta’minlandi. “Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari asosida 9 400 dan ziyod loyiha tashabbuskorlariga 131 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Joylarda tashkil etilgan uchrashuvlarda 14 mingdan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 1 819 ta murojaatning 1 710 tasi ijobiy hal etilib, qolgan qismi bank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bankimiz tomonidan yil yakuniga qadar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar yanada faol davom ettiriladi. Bu borada reja va maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Xususan, unga ko‘ra, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarini hal qilish va faoliyatini kengaytirishga har tomonlama qo‘maklashish maqsadida hududlarda mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Uchrashuvlarda 18 mingga yaqin tadbirkorlar ishtirokini ta’minlash va ular tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘z vaqtida hal qilish choralari ko‘riladi, ortiqcha vaqt talab etuvchi masalalar bank rahbariyati nazoratiga olinadi.
Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi. “Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.
Joriy yilning ikkinchi yarmida “Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari asosida 12 545 ta loyiha tashabbuskorlariga
188 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, “Bir kontur bir mahsulot” tamoyiliga muvofiq, yillik daromadi 60 mln. so‘mga yetkaziladigan yer egalariga ham moliyaviy ko‘mak beriladi.
Ayni paytda ular soni 756 nafar etib belgilangan.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 126 800 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.
Azizlar!
Fursatdan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan yoki o‘z biznes faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan yurtdoshlarimizga bankimiz har tomonlama yordam berishga tayyorligini, har bir hudud, shahar va ovullardagi ofislarimiz xizmat ko‘rsatishga muntazir ekanligini ma’lum qilamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari sanoatidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida tarmoq ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...