Все Кредиты
Joriy yilning 25-avgust kuni Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida O‘zsanoatqurilishbank Qashqadaryo mintaqaviy bank xizmatlari ofisi tomonidan "yashil" rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda bank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda aholi hamda tadbirkorlik subyektlari uchun ajratilayotgan "yashil" kreditlar, ularning qulayliklari, shartlari xususida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib O‘zsanoatqurilishbankda joriy qilingan "greenbanking" tamoyili mazmun-mohiyati, bu yo‘nalishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ham tushuntirish berildi.
https://www.youtube.com/watch?v=_XNyCrhd2HI
Bank Axborot xizmati
Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’ ...