“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash aʼzolari hamda Ozarbayjonning yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish va savdosi bilan shugʻullanuvchi “Greenstream International” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv chogʻida qurilish materiallari sanoati sohasida eksport, investitsiya va kooperatsiya yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda uni rivojlantirib borish, transport logistikasi kabi masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
Shuningdek, Ozarbayjon davlatida qurilish materiallari eksportini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston – Ozarbayjon “Savdo uyi”ni ochish boʻyicha dastlabki kelishuvlar olib borildi.
Qayd etilishicha, ushbu savdo maskani shou-rumida “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari namoyish etiladi.
Tadbir davomida tomonlar oʻrtasida yangi turdagi qurilsh materiallarini ishlab chiqarish, bunda ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarida samaradorlikni oshirish yuzasidan tajriba almashildi.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish ha ...
Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik ...
Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar ...

