Davlat dasturlari ijrosi

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan joylarda uchrashuvlar davom etmoqda


24.07.2026 14:13

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni oʻrganish, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, aholi bandligini taʼminlash hamda biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Navbatdagi uchrashuv Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy va sifatli bank xizmatlarini taqdim etish hamda fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan, asosan, ipoteka krediti hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun moliyalashtirish masalalari koʻtarildi. Bildirilgan murojaatlar amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib oʻrganilishi, asosli loyihalar boʻyicha kredit ajratish masalalarini qisqa muddatlarda koʻrib chiqish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.






Другие новости

10.11.2026 16:40:10
SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...

10.11.2026 16:40:09
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

10.11.2026 16:40:08
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Дата последнего обновления: 24.07.2026 14:14  
up