Все Кредиты
Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi doirasida o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi. Bankning birgina Samarqand hududiy tarmoqlari tomonidan “Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 955 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 12,1 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari qo‘llanilmoqda.
Ushbu islohotlarning mas’ul ijrochilari qatorida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.
“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida Samarqand viloyatida bankka biriktirilgan 71 ta mahalladagi 443 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi.
Ularni tadbiq etish uchun 6,7 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 916 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 138 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 483 ta ish o‘rni barpo etildi.
23,1 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 934 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 1 600dan ziyod aholi qatlami ish bilan ta’minlandi.
“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 955 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 12,1 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Joylarda tashkil qilingan uchrashuvlarda minga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 66 ta murojaatning barchasi ijobiy hal etildi.
Bank tomonidan yil yakuniga qadar ushbu yo‘nalishdagi ishlar keng ko‘lamda davom ettiriladi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratiladi.
Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 1420 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa qo‘shimcha 645 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bank Axborot xizmati
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...