Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyatida barpo etilayotgan “Sariosiyo” qurilish materiallari industrial zonasida tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” dasturi asosida kredit ajratiladi.
Prezidentimiz raisligida joriy yilning 7-noyabr kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmogʻida korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi. Bunga birinchi bosqichda 50 million dollar yoʻnaltirilishi, kreditlar 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan berilishi belgilandi.
Oʻzsanoatqurilishbank huzuridagi “PSB Capital” investitsiya kompaniyasi ishtirokida qurilayotgan “Sariosiyo” qurilish materiallari industrial zonasidagi inshootlar ham tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” dasturi asosida taqdim etiladi.
Shu maqsadda qiymati 3,9 mln. dollarlik (bank krediti – 2,5 mln. doll., tashabbuskorlar mablagʻi – 1,4 mln. doll.) 8 ta loyiha shakllantirilgan.
Ayni paytda sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya ishlari yakunlanish arafasida turibdi. Yil oxiriga qadar ishga tushirilgach, u yerda temir-beton, lak boʻyoqlari, penablok, sendvich panel, quruq qorishmalar, polietilen quvur mahsulotlari va boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Natijada 120 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=NYLR-5jMYm4&feature=youtu.be
Qurilish materiallari ishlab chiqarishni
rivojlantirish departamenti direktori v.v.b
Sh.Halilov.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari sanoatidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida tarmoq ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...