Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkor muammosi joyida hal etilmoqda


15.06.2026 15:31

Tadbirkor muammosi joyida hal etilmoqda

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilash va biznes vakillarining muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirilmoqda. Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati hududlarga chiqib, tadbirkorlar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ushbu muloqotlar tadbirkorlarning moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilish hamda biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. Ayni shu maqsadda bank mas’ullari ishtirokida Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida keng qamrovli sayyor qabullar tashkil etildi. Ularda qariyb 70 nafar tadbirkor ishtirok etib, o‘z muammo va takliflarini bildirdi. Muhimi, har bir murojaat bo‘yicha amaliy yechimlar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Biznesni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan asosan faoliyatni kengaytirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga ehtiyoj bildirildi.

Jumladan, G‘ijduvon tumanida faoliyat yuritayotgan “OBIDJON SHUKUR OMADI” MChJ rahbari aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida 50 million so‘mlik kredit ajratish bo‘yicha murojaat qildi. Tadbirkorga amaldagi qonunchilik talablari va kredit ajratish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Uch pahlavon Shuhrat” MChJ o‘z faoliyatini kengaytirish uchun 280 million so‘m miqdorida kredit mablag‘iga ehtiyoj borligini ma’lum qildi. Shofirkon tumanidagi “MANZURA AGRO CHORVO” MChJ va “Munavvar Mehrangiz OK” korxonalari vakillari esa chorvachilik yo‘nalishidagi faoliyatini rivojlantirish maqsadida 100 million so‘mdan kredit ajratish masalasida murojaat qildi.

Uchrashuvlar davomida har bir loyiha alohida o‘rganilib, tadbirkorlarga mavjud moliyaviy imkoniyatlar, davlat dasturlari va kredit mahsulotlari bo‘yicha tushuncha berildi. 

Har bir tadbirkor murojaati alohida e’tiborda

Sayyor qabullarda nafaqat yirik korxonalar, balki kichik biznes vakillari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham murojaatlari tinglandi.

Jumladan, G‘ijduvon tumanidagi “OCHILBOBO JAHONGIR CHORVADOR” MChJ hamda “VOSIYEV LOGI TRANS” MChJ rahbarlari, Shofirkon tumanida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Rahmatova Mohigul va Jumayev Maqsudjon o‘z biznes rejalari va moliyaviy ehtiyojlari haqida ma’lumot berdi.

Har bir murojaatchi bilan alohida muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyat yo‘nalishiga mos moliyaviy mahsulotlar va kreditlash shartlari tushuntirilib, aniq tavsiyalar berildi. 

Murojaatdan natijagacha: ijro nazoratda

Uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarning qog‘ozda qolib ketmasligi va har bir murojaat bo‘yicha amaliy natijaga erishish maqsadida tegishli vazifalar belgilab olindi. Barcha murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash bank rahbariyatining doimiy nazoratiga olindi.

Shuningdek, bank xizmatlari markazlari rahbarlariga tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan masalalarning samarali hal etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan ochiq muloqot va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi.





Другие новости

15.06.2026 15:46:38
Tadbirkorlik rivoji uchun manzilli yechimlar muhokama qilindi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida joylarda biznes vakillari ...

15.06.2026 11:44:39
Samarqandda tadbirkorlik rivojiga xizmat qilayotgan loyihalar

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va aholi bandligini ta’minl ...

14.05.2026 15:50:36
Navoiyda tadbirkorlik rivoji: Oʻzsanoatqurilishbankning salmoqli hissasi

Bugungi kunda Navoiy viloyatida 18 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Viloyat iqtisodiyotini ...


Дата последнего обновления: 15.06.2026 15:32  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send