Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuv


25.04.2023 12:36

Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuv

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda ellikka yaqin ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan oʻtgan yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotdan soʻng soha subektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar belgilandi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalar ijrosi doirasida hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyati, biznes yuritishning huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy asoslari, shuningdek, bank xizmat va mahsulotlari boʻyicha koʻnikmalar berib kelinmoqda.

Uchrashuvda, shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ahamiyati haqida ham soʻz yuritildi.

Tadbirkorlarga bank tomonidan taklif etilayotgan “yashil” kreditlar boʻyicha maʼlumot berildi.

 

Tadbir tafsilotlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=c6DizpeGNIQ

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

10.09.2024 11:51:31
Har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablagʻlari ajratilmoqda

Yurtimizda “drayver” sohalarni rivojlantirish va hududlar  salohiyatidan  toʻliq  foydalanishga qaratilga ...

10.09.2024 11:42:08
Samarqandda iqtisodiy dasturlar samarasi

Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashi ...

19.08.2024 17:35:50
Harakatda – barakat

Urganch shahri “Jingavuz” mahallasida nonvoychilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Sultonposhsha Madrimova, “Ko‘hna ...


Дата последнего обновления: 20.07.2023 14:29  
up