Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda


03.04.2024 16:23

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu kunlarda ana shunday tadbirlar Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 25-26 mart kunlari Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilash, xususan, Sayxunobod tajribasi asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan qator vazifalar belgilandi.

Barcha mas’ullar, jumladan, tijorat banklari har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydigan tizimni yo‘lga qo‘yishi zarurligi ta’kidlandi.

O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruhi hududlarda bo‘lib, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularga birgalikda yechim topish uchun yuzma-yuz muloqotlar tashkil qilmoqda.

Jizzaxlik tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda yetakchi ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali mahallalardagi ishsizlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar uchun esa, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalari ham o‘rganildi.




Другие новости


Дата последнего обновления: 03.04.2024 16:24  
up