Davlat dasturlari ijrosi

“Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda


22.06.2022

“Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi”ga navbatdagi mavsum uchun qabul boshlandi.
“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari oʻz malakalari va koʻnikmalarini oshirishlari mumkin.
Markazda 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 40 nafar tinglovchini qamrab olish imkoniyati mavjud. 
Mashgʻulotlar zamonaviy oʻquv dasturlari va yangi taʼlim metodlari asosida quyidagi 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi:
– Devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– issiqlik saqlovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi;
– pol qoplamalari va toʻshamalar ishlab chiqarish texnologiyasi. 
72 soatga moʻljallangan kurslar chuqur malaka va koʻnikmaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan oʻtkaziladi. 
Buning uchun oʻquv markazi zarur taʼlim vositalari va oʻquv qurollari bilan taʼminlangan boʻlib, yetarli adabiyotlar fondi ham shakllantirilgan.
Oʻtgan mavsumlarda jami 100 nafarga yaqin tinglovchi oʻz bilim va malakalarini oshirib, maxsus sertifikatga ega boʻldi.
Hozirda “Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda.
Shoshiling! 
Oʻquv kurslari mutlaqo bepul!
Oʻquv markazida viloyatlardagi xohlovchilar uchun online tarzda bilim olish imkoniyati yaratildi.
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur koʻchasi 68-a uy. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.
Batafsil maʼlumotlar olish uchun +99894 5766900, +99833 5769595, +99871 2549201 telefon raqamlari, q.m.liti2017@mail.ru elektron почтаcи va tadbirkormaktab.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 Bank Axborot xizmati




Другие новости

03.04.2024 16:24:30
Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu kunlarda ana ...

06.03.2024 14:17:11
Qaror ijrosi doirasida

O'zsanoatqurilishbank Axborot xizmati yangi loyihani e'tiboringizga havola etadi. Unda hududlarda amalga oshirilishi rej ...

15.02.2024 18:13:24
O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim G ...


Дата последнего обновления: 22.06.2022 17:22  
up