Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Unda ishbilarmonlarga muqobil energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi xususida tushuncha va takliflar berildi.
Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida quyosh panellarini oʻrnatish va shu orqali energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi. “Yashil energiya”ni joriy etishni targʻib qilish saʼy-harakatlari manzilli ishlab chiqildi.
Bu borada mutasaddilar qatori Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham alohida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Byudjetni tejash hamda ekologiyani asrashda erishiladigan natijalar turli tarmoqlar misolida tushuntirib oʻtildi. “Yashil” kreditlar boʻyicha taqdimot namoyish etildi.
Qayd etish joiz, mazkur kreditlar past foizli va uzoq muddatlidir. Ulardan korxona va muassasalar binolariga, turar-joy hamda yer uchastkalariga quyosh panellarini oʻrnatish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga energiya tejamkor texnologiya va uskunalarni xarid qilishda foydalanish mumkin.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari sanoatidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida tarmoq ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...