Davlat dasturlari ijrosi

adbirkorlarga hududlar salohiyatidan kelib chiqib yangi loyihalar taklif etilmoqda


24.02.2023

adbirkorlarga hududlar salohiyatidan kelib chiqib yangi loyihalar taklif etilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan qoraqalpogʻistonlik va xorazmlik tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar ham sermahsul kechdi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi ish oʻrinlarini koʻpaytirish va kambagʻallikni qisqartirishdir. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim rol oʻynamoqda.

Prezidentimiz raisligida shu yil 25-yanvar kuni kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida natijalar bilan birga ayrim hududlardagi sustkashliklar haqida ham soʻz bordi. Mutasaddilarga kambagʻallikni qisqartirish koʻrsatkichi nisbatan ortda qolayotgan tuman va shaharlar boʻyicha alohida topshiriqlar berildi.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan joylarda tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda hududlar salohiyatidan kelib chiqib yangi loyihalarni ishga tushirish masalalari oʻrganilmoqda.

– Bankimiz viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi, – deydi Oʻzsanoatqurilishbankning Xorazm hududiy boshqarmasi boshligʻi Azamat Kushchanov. – Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida birgina Xorazm bank xizmatlari ofisi tomonidan oʻtgan yilda 261,8 mlrd. soʻm hajmida kredit mablagʻlari ajratildi. Natijada 400ga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi. Joriy yilda ham soha subyektlariga har tomonlama qulay sharoit yaratish, ularga bank xizmat va mahsulotlarini keng assortimentda taqdim etish, intizomli mijozlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish ustuvor vazifalarimizdan hisoblanadi.

Uchrashuvda ishbilarmon doiralar bilan birga startap loyihalarga ega yosh yigit-qizlar ham ishtirok etdi.

Ularga tadbirkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarishda mavjud imtiyoz va preferensiyalar, korxonalarda yashil texnologiyalarni qoʻllash, bunda yashil kreditlardan foydalanishning afzalliklari xususida batafsil maʼlumot berildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

03.04.2024 16:24:30
Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu kunlarda ana ...

06.03.2024 14:17:11
Qaror ijrosi doirasida

O'zsanoatqurilishbank Axborot xizmati yangi loyihani e'tiboringizga havola etadi. Unda hududlarda amalga oshirilishi rej ...

15.02.2024 18:13:24
O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim G ...


Дата последнего обновления: 22.01.2024 17:03  
up