Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkorlarga “yashil” kreditlar ahamiyati tushuntirilmoqda


10.07.2023 09:53

Tadbirkorlarga “yashil” kreditlar ahamiyati tushuntirilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan muqobil energiya manbalaridan foydalanishda tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar targʻibotiga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir Navoiy viloyatida tashkil etildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan shu yil 16-fevralda qabul qilingan “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada dasturilamal boʻlmoqda.

Navoiylik tadbiroklar bilan uchrashuvda muqobil energiya manbayi sifatida quyosh panellaridan foydalanishning ijtimoiy-ekologik hamda iqtisodiy ahamiyati tushuntirildi. Shu maqsadda bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 5 yilgacha muddatga yillik 21 foizdan kredit mablagʻlari ajratilayotgani aytib oʻtildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar bank xizmat va mahsulotlarini yanada qulaylashtirish boʻyicha oʻz taklif v mulohazalari bilan boʻlishdi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости


Дата последнего обновления: 19.07.2023 09:55  
up