Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash: SQB rahbariyatining ochiq muloqotlari davom etmoqda


15.07.2026 15:51

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan takliflarini bildirdilar. Xususan, faoliyatni kengaytirish uchun moliyaviy ko‘mak hamda ijara asosida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydonlari ajratish bo‘yicha murojaat qildilar.

Bank mutasaddilari tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Bildirilgan masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.




Другие новости

10.11.2026 16:40:10
SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...

10.11.2026 16:40:09
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

10.11.2026 16:40:08
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 15:52  
up