Все Кредиты
Respublikamizda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim oʻrin tutmoqda.
Shu bois soʻnggi besh yilda sohani jadal rivojlantirish, ularni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga asosan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ham koʻplab tartib-qoidalar soddalashtirildi, hujjatlarni rasmiylashtirish qisqartirildi, tadbirkorlikka har tomonlama keng imkoniyatlar yaratildi.
Xususan, qariyb 5 yildan buyon xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotan transformatsiya jarayonida tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish tubdan takomillashtirildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi tavsiyalari asosida bankning butunlay yangi tashkiliy tuzilmasi joriy qilinib, bank mijozlari 3 turdagi (korporativ, kichik va oʻrta biznes hamda chakana biznes) segmentlarga, shuningdek, kichik va oʻrta biznes subyektlari ham alohida subsegmentlarga (mikro, kichik va oʻrta segmentlar) ajratildi.
Mijozlarning bank mahsulot va xizmatlari yuzasidan fikr va mulohazalari, muammo va takliflarini oʻrganish maqsadida turli tahlillar oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasi umumlashtirilib, shu yilning oʻzida birgina kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun 13 ta kredit mahsuloti, 2 ta xizmatlar paketi hamda kassa hisob amaliyotlari uchun 1 ta mahsulot amaliyotga joriy etildi.
Filiallarda xizmat koʻrsatish mijozga yoʻnaltirilganlik tamoyili asosida yoʻlga qoʻyildi: xizmat koʻrsatish boʻyicha ish uslubi va biznes modeli butunlay yangidan tashkil etildi, mijozbay xizmat koʻrsatish maqsadida biznes menejer va universal servis menejerlaridan tashkil topgan front ofis xodimlari faoliyati ishga tushirildi.
Buning natijasida bankimizda kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 2,6 barobarga, mijozlar soni 12 foizga, masofaviy bank xizmat turlaridan foydalanuvchilar soni esa 115 fozga oʻsdi.
Tadbirkorlar oʻrtasida oldindan limit belgilash orqali aylanma mablagʻni toʻldirishga kredit olishi mumkin boʻlgan potensial mijozlarni aniqlash algoritmi ishlab chiqildi.
Kichik va oʻrta biznes hamda mikrosegment subyektlarini skoring tahlildan oʻtkazish orqali tezkor kredit ajratish loyihasi ishlab chiqildi. Mikrosegment uchun skorkarta loyihasi yaratildi.
Bank amaliyotlari, xususan, xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq 600 dan ortiq biznes jarayonlar shakllantirildi. Bankning malakali xodimlari tomonidan 350 dan ortiq biznes jarayonlarni optimallashtirish hisobiga yaratilgan mazkur baza muassasaga endi ishga qabul qilingan va boshqa lavozimga oʻtkazilgan mutaxassislar uchun texnik oʻquv qoʻllanma sifatida asqotmoqda.
Kredit olish uchun arizalar Bankning rasmiy veb sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi. Mijozlar, shuningdek oʻz arizalari holatini onlayn kuzatib borish, hisob raqam ochish, korporativ karta va terminallarga buyurtma berish imkoniga ega boʻlishdi.
Bank tizimida savdo va pullik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida QR-Online kontaktsiz toʻlov tizimi joriy etildi.
Ayni paytda bank tizimida tadbirkorlarga sifatli va tezkor xizmat koʻrsatish hamda kreditlash jarayonini avtomatlashtirish maqsadida yana qator dasturlar joriy etilmoqda. Jumladan, masofaviy xizmatlar sonini oshirish maqsadida 71 ta bank amaliyotlarini oʻzida jamlagan “SQB Business” dasturi ishga tushirilmoqda.
Mijozlarga bankning istalgan tarmogʻidan xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida yagona MFO tizimini joriy qilish ishlari faol davom ettirilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi barcha filiallar hamda Toshkent shahridagi Yunusobod filiali ushbu tizimga muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Bundan tashqari, ayni paytda “Tap to Phone” moduli orqali toʻlovlarni qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Yangi NFC tizimida ishlovchi mazkur dastur bank savdo terminallaridan foydalanuvchi tadbirkorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratishi bilan ahamiyatlidir.
Mijozlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni bir bazada shakllantirib borish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarini ularning talabidan kelib chiqqan holda taklif etish maqsadida CRM tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Sh.Gultoʻrayev,
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
Boshqaruv raisi oʻrinbosari v.v.b.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari sanoatidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida tarmoq ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...