Davlat dasturlari ijrosi

Vodiylik tadbirkorlar bilan uchrashuv


30.11.2022

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon va Fargʻona viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tajribali mutaxassisi – iqtisod fanlari doktori, professor Toʻlqin Boboqulov ishtirok etdi.

Hukumatimiz tomonidan Prezidentimizning shu yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Unda soha subyektlarini qoʻllab-quvvatlashda mazilli ishlar belgilandi. Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalar ijrosi doirasida sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish maqsadida tadbirlar oʻtkazila boshlandi. Andijon va fargʻonalik tadbirkorlar ishtirokidagi uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori Toʻlqin Boboqulov davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi nutqining asosiy jihatlariga toʻxtaldi. Ochiq muloqotda ilgari surilgan 5 ta yoʻnalishdagi tashabbuslar mamlakat va soha vakillari uchun qanday manfaat keltirishi ilmiy-amaliy jihatdan xalqaro tajribalar asosida tushuntirildi. Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuvlarni belgilash, yangi soliq yuklari, yangi loyihalarni amalga oshirishda qulay moliyalashtirish tizimini yaratish, mulk huquqini himoyalash borasidagi oʻzgarishlarning samaradorligi tahlil qilindi. Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda tadbirkorlar ham soʻz oldi. Ularning bank bilan hamkorlikdagi yangi loyihalari ahamiyati muhokama etildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

03.04.2024 16:24:30
Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu kunlarda ana ...

06.03.2024 14:17:11
Qaror ijrosi doirasida

O'zsanoatqurilishbank Axborot xizmati yangi loyihani e'tiboringizga havola etadi. Unda hududlarda amalga oshirilishi rej ...

15.02.2024 18:13:24
O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim G ...


Дата последнего обновления: 30.11.2022 15:12  
up