Bo'sh ish o'rinlari

O‘RTA BIZNES MARKAZIGA VAKANSIYA


09.10.2026 04:05

Lavozim: Mijozlar koordinatori va RM xizmati. katta menejeri

Lavozim vazifalari:

·         O‘rta biznes segmentiga mansub yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish;

·         Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish;

·         Mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilish hamda ularga mos bank mahsulotlari va yechimlarini taklif etish;

·         Kredit mahsulotlari, lizing, faktoring, depozitlar, hisob-kitob-kassa xizmati va boshqa bank xizmatlari bo‘yicha mijozlarga maslahat berish;

·         Bank mahsulotlarini rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida mijozlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish va hamrohlik qilish;

·         Kredit arizalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va tegishli bank bo‘linmalariga taqdim etish;

·         Moliyalashtirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini muvofiqlashtirish hamda bankning ichki bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish;

·         Amaldagi kredit loyihalarini monitoring qilish, mijozlarning majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish hamda sug‘urta polislarini o‘z vaqtida uzaytirish zarurati to‘g‘risida mijozlarni xabardor qilish;

·         Mijozlarga bankning yangi mahsulotlari, xizmatlari va aksiyalari haqida ma’lumot berish;

·         Bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

·         iABS bank tizimi va boshqa axborot tizimlarida ishlash, ichki jarayonlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

·         Amaldagi qonunchilik, bankning ichki me’yoriy hujjatlari, komplayens talablari, AML/CFT siyosati hamda bank siri to‘g‘risidagi talablarga rioya qilish;

·         Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish;

·         Biriktirilgan mijozlar portfeli va kredit loyihalarini samarali boshqarish;

·         Mijozlar portfelining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va biznes hajmini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

·         Zarur hollarda kichik menejerlar va boshqa xodimlarga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.

Talablar:

·         Iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;

·         Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi;

·         Korporativ mijozlar bilan ishlash tajribasi;

·         Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan bank mahsulotlari va korporativ kreditlash jarayonlarini yaxshi bilish;

·         Muzokaralar olib borish, sotuvlar va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

·         Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish va biznes ehtiyojlarini aniqlash qobiliyati;

·         Kredit loyihalarini tahlil qilish va monitoring qilish ko‘nikmasi;

·         Kompyuter va bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;

·         Mas’uliyatlilik, muloqotga kirishuvchanlik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv;

·         Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;

·         Natijaga yo‘naltirilganlik hamda reja ko‘rsatkichlarini bajarishga intilish;

·         Jamoada ishlash va zarur hollarda xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish qobiliyati.

Ish sharoitlari:

·         O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;

·         Raqobatbardosh ish haqi;

·         Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;

·         Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati;

·         Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari;

·         Ahil jamoa va moslashuv davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlash;

·         Ish jadvali: 5/2.

Rezyume yuborish:

hr@sqb.uz





Другие новости

19.10.2026 16:58:48
SQB Mikro va kichik biznes departamentining Biznesni rivojlantirish xizmati katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Mikro va kichik biznes mijozlarini faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengayti ...

19.10.2026 16:57:47
SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Devonxona xizmati ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va b ...


Дата последнего обновления: 13.10.2026 09:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send