SQB Sustainable Finance departamenti barqaror loyihalarni texnik baholash va energiya samaradorligi bo‘yicha katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
14.10.2026 04:32
Asosiy vazifalar:
• Barqaror va yashil moliyalashtirish loyihalarini texnik baholash hamda belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash;
• Energiya samaradorligi va issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish ko‘rsatkichlarini hisoblash va yuritish;
• Energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
• Bank binolarida energiya va resurslarni tejash tadbirlarini muvofiqlashtirish, samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
• Bankning tegishli bo‘linmalari hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
• Xizmat faoliyatini tashkil etish, xodimlar ishini muvofiqlashtirish va vazifalar ijrosini nazorat qilish.
Talablar:
• Oliy texnik ma’lumot;
• Energetika, energiya samaradorligi va loyihalarni texnik baholash sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
• Energetika resurslari, tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar, yashil moliyalashtirish hamda energiya samaradorligi prinsiplarini tushunish;
• Loyihalarni texnik tahlil qilish, ma’lumotlar bilan ishlash, hisobotlar va rasmiy hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmalari;
• MS Office dasturlarida mukammal ishlash;
• Ishni tashkil etish, vazifalarni muvofiqlashtirish va ishbarmonlik muloqoti ko‘nikmalari;
• Energiya samaradorligi sohasidagi profil sertifikatlari va malaka toifalariga egalik: CEM (AEE), ISO 50001 Lead Auditor, energiya auditi va II darajali issiqlik nazorati mutaxassisi, shuningdek, energiya auditorlari reyestriga a’zolik;
• Xizmat safarlariga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 16.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin. 
200
Другие новости