Böş iş örinlari

SQB Andijon viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


17.10.2026 12:13

Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati

Ish joyi: Andijon viloyati

Asosiy vazifalar:

  • Hududlarda garov bilan ishlovchi menejerlar faoliyatini muvofiqlashtirish, vazifalarni taqsimlash va ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

  • Kredit ta’minoti sifatida taqdim etilayotgan mol-mulkni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish;

  • Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk va unga tegishli hujjatlarni qonunchilik hamda Bankning ichki hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish;

  • Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk bo‘yicha chek-listlarni to‘ldirish;

  • Garov shartnomalari loyihalarini tayyorlash, ularni rasmiylashtirishda ishtirok etish va Bank nomidan imzolash;

  • Garovga olingan mol-mulk, Bank balansidagi hamda bo‘lib to‘lash asosida sotilgan Bank mulklarini joyiga chiqqan holda monitoring qilish;

  • Kredit shartlari o‘zgartirilganda, garov ta’minoti almashtirilganda, garov qisman yoki to‘liq ozod qilinganda hamda qo‘shimcha mol-mulk garovga kiritilganda garov ta’minotini o‘rganish;

  • Garov mulklarini qayta baholashda ishtirok etish;

  • Amalga oshirilgan baholash ishlari yuzasidan davriy hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy, yuridik yoki boshqa oliy ma’lumot;

  • Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;

  • Garov ta’minoti va baholash faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish;

  • Mol-mulkni garovga olish, rasmiylashtirish va monitoring qilish tartiblarini bilish;

  • Ko‘char va ko‘chmas mol-mulkka oid huquqni belgilovchi hamda boshqa hujjatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari;

  • Xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va vazifalar ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalari;

  • Hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjat aylanishi tizimlarida ishlash ko‘nikmalari;

  • Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash, detallarga e’tiborlilik va tashkilotchilik qobiliyati.

Hujjatlarni topshirish:

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatish so‘raladi.





Другие новости

24.11.2026 12:19:47
SQB Soft Collection guruhi yetakchi operatori lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Undiruv markazi, Qarzdorliklarni dastlabki bosqichda undirish xizmati. ...

24.11.2026 12:17:03
SQB Toshkent viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati Ish joyi: ...


Дата последнего обновления: 24.11.2026 17:55  
up