Ish joyi: Toshkent viloyati Bank xizmatlari ofisi
Asosiy vazifalar:
Mikro va kichik biznes yo‘nalishida yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish va nofaol mijozlarni qayta faollashtirish;
Mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli bank xizmatlarini taklif etish;
Hisob-kitob-kassa xizmatlari, xizmat paketlari, masofaviy bank xizmatlari, tashqi savdo xizmatlari, savdo terminallari va korporativ kartalarni taklif etish hamda depozitlarni jalb qilish;
Mikro va kichik biznes subyektlarini kreditlash jarayonlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish, hujjatlarni qabul qilish va tekshirish, mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash;
Kredit hujjatlarining asosiy to‘plamini shakllantirish va kreditlarni rasmiylashtirish bo‘linmasiga topshirish;
Mijozlarni identifikatsiya qilish, arizalar, shartnomalar va to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish, bank tizimlariga ma’lumotlarni kiritish va yangilash;
Mijozlarning shartnomaviy majburiyatlarini bajarishi yuzasidan Bank bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish, kredit qarzdorligi bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish;
Belgilangan rejalar va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish, hisobot ma’lumotlarini tayyorlash hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
Talablar:
Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishda);
Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi;
Mikro va kichik biznes uchun bank mahsulotlari va xizmatlari, kreditlash asoslari hamda hisob-kitob-kassa xizmatlarini bilish;
Sotuv, ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish, rejalashtirish va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalari;
Bank dasturlari va hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmalari, savodli nutq va mas’uliyatlilik.
Hujjatlarni topshirish:
Dolzarb rezyumengizni hr@sqb.uz elektron manziliga yuboring.
Xat mavzusi: Biznes menejer — Toshkent viloyati.
Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qiliş, mavjud mijozlar bazasini kengaytiriş va qayta faollaştiriş; ...
Asosiy vazifalar: • Raqamli mahsulotlar böyiça ...
Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kut ...
