Bo'sh ish o'rinlari

SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


29.10.2026 13:04

Ish joyi: To‘qimachilik bank xizmatlari markazi.

Asosiy vazifalar:

  • Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish, savdoni rivojlantirish;

  • Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bazasini kengaytirish va faolligini oshirish;

  • Mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank yechimlarini taklif etish;

  • Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;

  • Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish, kredit hujjatlarini qabul qilish, tekshirish va rasmiylashtirish;

  • Bank kartalarini taklif etish, mijozlarni mobil ilovaga ulash va omonatlarni jalb qilish;

  • Sifatli xizmat ko‘rsatish, mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va Bankning ichki xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot;

  • Bank yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi;

  • Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha bilimlar;

  • Savdo, mijozlarni jalb qilish va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari;

  • Kompyuter va ofis dasturlaridan ishonchli foydalanish;

  • O‘zbek va rus tillarini bilish;

  • Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash va natijaga yo‘naltirilganlik.

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости


Дата последнего обновления: 29.10.2026 18:04  
up