Böş iş örinlari

SQB Undiruv markazining Yuridik va ijro harakatlari mintaqaviy xizmati menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


13.11.2026 18:04

Talablar:

  • Oliy yuridik ma’lumot;

  • Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi.

Asosiy vazifalar:

  • Bank mulkining huquqiy himoyasini tashkil etish;

  • Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;

  • Qarzdorlikni undirish bo‘yicha namunaviy va individual strategiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda ularning hududlarda amalga oshirilishini ta’minlash;

  • «Legal» elektron platformasiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish;

  • Muammoli kreditlar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini tayyorlash va kiritish;

  • Nizolarni sudgacha hal etish va muzokaralarda ishtirok etish;

  • Bank manfaatlarini barcha sud instansiyalarida himoya qilish;

  • Bankka nisbatan bildirilgan talabnomalarning ko‘rib chiqilishi va ularga javob berilishini nazorat qilish;

  • Ijro ishlarini yuritish, to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) jarayonlari va kreditorlar yig‘ilishlarida ishtirok etish;

  • Ijro hujjatlarini tayyorlash va ularni Majburiy ijro byurosi (MIB) organlariga topshirishni ta’minlash;

  • Davlat ijrochilarining harakatlarini nazorat qilish va ularning qonunga xilof harakatlari ustidan shikoyat qilish;

  • Yuridik xulosalar, ishonchnomalar, so‘rov va murojaatlarga javoblar tayyorlash;

  • Shartnomalar va hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

  • Qarzdorlikni undirish va aktivlarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa yuridik vazifalarni bajarish.

Hujjatlarni topshirish:

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

16.11.2026 17:30:31
SQB Andijon viloyatidagi Barhayot BXM Markaz rahbari (biznes-menejer) lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • BXM faoliyatini samarali boşqariş, biznes-reja, savdo körsatkiçlari va KPI baja ...

16.11.2026 14:40:42
SQB Buyurtmalarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov e’lon qiladi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Talablar: ...

16.11.2026 09:17:23
ÖRTA BIZNES MARKAZIGA VAKANSIYA

Lavozim: Hisobot, tahlil va raqamlaştiriş xizmati yetakçi menejeri Örta biznes yönalişida hisobotla ...


Дата последнего обновления: 16.11.2026 18:05  
up