Новости

Уважаемые коллеги, уважаемые граждане, уважаемые клиенты нашего банка!


31.08.2021 17:53

Cheksiz mamnuniyat va iftixor hissi bilan Siz azizlarni eng ulug‘ bayramimiz - Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman!

Ushbu bayram chindan ham davlatimiz qudratining, xalqimiz birligining ramzi hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida biz nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki ilm-ma'rifat, bank-moliya, madaniyat, sport, san'at va boshqa ko‘plab sohalarda ulkan natijalarga erishdik.

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimiz kundan-kun gullab, yashnamoqda. 

Bunday ijobiy natijalarga erishishda xalqimizga xos bo‘lgan hamjihatlik, jipslik, mehnatsevarlik, fidoyilik hamda davlatimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida sidqidildan ishlashga bo‘lgan ishtiyoq yordam bermoqda.

Bank xizmatlari sektorining yetakchilaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbankning 4000 nafar fidoyi xodimlari jipslashgan holda, xalqimizga yangi va yanada zamonaviy, xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish, doimo ularning rozili yo‘lida ishlashni maqsad qilgan!

Biz har bir mijozimiz va xodimlarimizni yuksak qadrlaymiz!  Ularning farovon hayoti uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Qadrli mijozlar, aziz yurtdoshlar!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, hamjihatlik va farovonlik tilayman. Oliyjanob ishlaringiz va sa'y-harakatlaringiz jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnashi yo‘lida xizmat qilaversin! 

Barchamizga istiqlolimizning 30 yillik ayyomi muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan, 

Saxi Annaklichev 

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruv Raisi





Другие новости

23.10.2026 18:02:17
SQB представил UzLPC — крупнейшую открытую базу данных и текстов для узбекского языка

В эпоху стремительного внедрения искусственногоинтеллекта и цифровых технологий ключевое значениеприобретает то, ...

22.10.2026 11:30:04
Серджиу Чокля избран председателем Наблюдательного совета Узпромстройбанка

Серджиу Чокля, избранный 5 октября 2026 года акционерами АКБ «Узпромстройбанк» (SQB) независимым членом Наблюдате ...

21.10.2026 09:36:25
День праздника узбекского языка в SQB: уважение к национальной самобытности и внимание к государственному языку

21 октября, по случаю Дня праздника узбекского языка, в головном офисе Узпромстройбанка (SQB) состоялось духовно-просвет ...


Дата последнего обновления: 31.08.2021 18:24  
up