Yangiliklar

«Özsanoatqurilişbank» ATB rasmiy munosabati


04.11.2026 15:27

Ijtimoiy tarmoqlarda «Özsanoatqurilişbank» ATB tomonidan ötkazilgan xarid jarayoni va uning natijalari yuzasidan bildirilgan fikrlar munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Davlat xaridlari elektron tizimida 2026-yil 20-oktyabr kuni bank tomonidan 26120012517114-sonli lot böyiça xarid natijasi e’lon qilingan. Mazkur xarid sinxron tarjima uskunalarini xarid qiliş emas, balki xorijiy delegatsiyalar taşriflari davomida sinxron va izçil tarjima xizmatlarini körsatiş hamda zarur uskunalarni ijaraga olişni nazarda tutgan.

Xarid jarayonida uçta iştirokçining takliflari körib çiqilgan. Belgilangan tartib va mezonlar asosida ötkazilgan baholaş natijalariga köra, «LINGVA GALACTICA» MÇJ ğolib deb topilgan. Imzolangan şartnoma qiymati 500 million sömni taşkil etgan.

«LINGVA GALACTICA» MÇJning rahbari va ta’sisçilari haqidagi ma’lumotlar oçiq manbalarda keltirilgan. Şu bilan birga, korxona rahbarining qarindoşlik aloqalari haqidagi ma’lumotning özi uning bank bilan imzolangan şartnomasi yoki xarid natijalariga ta’sir körsatganini anglatmaydi. Mazkur xaridda ğolib iştirokçilarning takliflari belgilangan talab va baholaş mezonlari asosida körib çiqilişi natijasida aniqlangan.

«Özsanoatqurilişbank» ATB öz faoliyatida oçiqlik, şaffoflik va qonuniylik tamoyillariga amal qiladi. Bank faoliyatiga oid jamoatçilik savollari va mulohazalarini hurmat qiladi hamda ular yuzasidan zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etişga tayyor.







Другие новости

09.11.2026 16:48:17
Tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş böyiça hududiy trenerlar salohiyati oşirilmoqda

HAMROH – xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşabbusi bilan yölga qöyilgan, Birlaşgan Mill ...

09.11.2026 15:02:21
Körinmas xavfga befarq bölmang!

Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq. Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...

05.11.2026 18:05:09
Energiya tejamkorlik – barqaror kelajakka yönaltirilgan sarmoya

Kuz-qiş mavsumida xonadonlarni issiq saqlaş, elektr energiyasi ta’minotida uzilişlarning oldini oliş va mavjud re ...


Дата последнего обновления: 05.11.2026 11:35  
up