Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Şofirkon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning çorvaçilik faoliyatini yölga qöyiş uçun imtiyozli kredit oliş jarayonida yuzaga kelgan masalalarga oid murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur murojaat Özsanoatqurilişbankning “Töqimaçilik” xizmatlar markazi mas’ul xodimlari tomonidan örganilgan.
Örganiş davomida fuqaroga 2025-yil 30-may kuni “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida çorvaçilik faoliyatini amalga oşiriş uçun 10 million söm miqdorida kredit ajratilgani hamda mazkur kredit böyiça hisoblangan foizlar bilan birgalikdagi jami qarzdorlik 6 million 980 ming sömni taşkil etayotgani aniqlangan.
Uşbu holat inobatga olinib, fuqaroga “Mahalla işbilarmoni” dasturi doirasida kredit oliş imkoniyati taklif etilgan. Mahalla bankiri va hokim yordamçisi iştirokida biznes-rejani işlab çiqiş, teg işli dalolatnoma hamda kredit arizasini körib çiqiş uçun zarur hujjatlarni rasmiylaştirişda amaliy kömak körsatilgan.
2026-yil 18-noyabr kuni fuqaro bilan ötkazilgan suhbat davomida kredit mahsulotining şartlari, qarz oluvçining tölov qobiliyatini baholaş mezonlari, kredit ta’minotiga qöyiladigan talablar, şuningdek, tuman ştabi qarorini taqdim etiş tartibi yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berilgan.
Suhbat natijalari böyiça rasmiylaştirilgan bayonda fuqaro kredit oliş jarayonidagi asosiy muammo tuman ştabi qarorini oliş bilan boğliq ekanini bildirgani qayd etilgan.
Mas’ullar ma’lumotiga köra, keyinçalik teg işli ştab xulosasi olinib, kredit arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bankka körib çiqiş uçun taqdim etilgan.
Ta’kidlaş joizki, mahalla yettiligi tomonidan berilgan ijobiy tavsiyanoma kredit arizasini körib çiqişda inobatga olinadi, biroq u söralgan miqdorda kredit ajratilişi uçun mustaqil va yetarli asos hisoblanmaydi. Kredit ajratiş töğrisidagi qaror qarz oluvçining tölov qobiliyati, kredit tarixi, taqdim etilgan hujjatlar, kredit mahsuloti şartlari hamda bankning amaldagi kredit siyosati asosida qabul qilinadi.
Kredit arizasini körib çiqiş natijasida fuqaroga 6 million söm miqdorida kredit ajratiş imkoniyati mavjudligi ma’lum qilingan. Biroq taklif etilgan kredit miqdori fuqaro söragan 20 million sömdan kam bölgani sababli u mazkur taklifga rozilik bildirmagan.
Fuqaroning tadbirkorlik taşabbusini moliyalaştirişning muqobil imkoniyatlari doirasida uning turmuş örtoği tomonidan taqdim etilgan kredit arizasi ham körib çiqilgan. Baholaş natijasida amaldagi kredit majburiyatlari va muddati ötgan qarzdorlik mavjudligi sababli mazkur arizani qanoatlantiriş imkoni bölmagan.
Nufuzli xalqaro tadqiqot markazi — StartupBlink tomonidan «Corporate Startup Activity Index 2026» (Korporativ sta ...
“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...
Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...
