
Joriy yilning 20–21 oktyabr kunlari O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tahiatosh tumanida bo‘lib, mahalla tizimini yanada takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Safar davomida ishchi guruh tumandagi “Naymanko‘l” va “Do‘stlik” mahallalarida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan mikroloyihalar faoliyatini o‘rgandi. Loyiha natijalarining aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi samaradorligi tahlil etildi.
Shuningdek, Tahiatosh tumani hokimligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda 40 dan ortiq tadbirkor o‘z faoliyatidagi muammo va takliflarini bildirdi. Tadbirkorlarning murojaatlari orqali joylardagi yechim talab etuvchi masalalar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
So‘nggi yillarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mahalla bankirlari faoliyati kengaytiril ...
Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Mehriobod, Sherobod va Istiqbo ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hududda amalga oshirilayotgan v ...

