Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi


28.11.2025 15:49

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Markaziy bank va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda boshqa tegishli idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2024-yil 5-martdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlarida hisobdorlik va ochiqlikni oshirish, tizimli profilaktika choralarini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o‘rtasida korporativ madaniyatni shakllantirish hamda faoliyatning har bir bosqichida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda bankning ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq korrupsiyaga qarshi menejment tizimi bo‘yicha qayta sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani ma’lum qilindi. Mazkur tizim xatarlar xavfini kamaytirish, manfaatdor tomonlar uchun ishonchli va ochiq muhitni ta’minlash hamda bankni korrupsiyaning salbiy ta’sirlaridan himoya qilishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gifarmonida nazarda tutilgan vazifalar doirasida bank rahbariyati va mas’ul xodimlari malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, 100 nafar rahbar xodim “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish” mavzusidagi 24 soatlik kurslarda, 28 nafar mutaxassis esa korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha 36 soatlik o‘quv dasturlarida qatnashdi.Qo‘shimcha ravishda, 37 nafar xodim ISO 37001:2016 standarti sertifikatga ega bo‘ldi.

Joriy yil davomida Bosh bank va tarmoqbo‘limlaridan 2700 dan ziyod xodimlar korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi, vazifalarni bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ularni baholash usullari bo‘yicha o‘qitildi. Shu bilan birga, 1806 nafar xodim o‘rtasida bilim darajasini baholash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.

Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan 2025-yil yanvar-oktyabr oylari davomida 14 ta xizmat tekshiruvi va 43 ta monitoring tadbirlari amalga oshirildi. Tekshiruvlar natijasida xodimlar xatti-harakatlari ortidan bank manfaatlariga 3,5 mlrd so‘m, mijozlarga 42,2 mln so‘m zarar yetkazilgan holatlar aniqlanib, 8 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bank tizimida shubhali holatlar va murojaatlarni qabul qilishga mo‘ljallangan maxsus aloqa kanallarihamda murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmi bilan tanishtirildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi siyosat, odob-ahloq kodeks va, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartibining amaliyotga samarali joriy etilishi bankning “yaxshi” toifadagi reytingini saqlab turishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Tadbir yakunida korrupsiya profilaktikasi, huquqiy madaniyat va xabardorlikni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yana-da kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.





Другие новости

09.01.2026 15:36:59
O‘zsanoatqurilishbankda milliy liboslar chellenji

O‘zsanoatqurilishbankning xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida “Milliy liboslar chellenji” davom etmoqda. ...

08.01.2026 17:30:44
SQB O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini 8-yanvar – kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi

Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda adolatni qaror toptir ...

07.01.2026 10:19:10
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “SQB Mobile” mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan kartalararo o‘tkazmalar shartlari bo ...


Дата последнего обновления: 12.12.2025 16:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo