Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar


04.07.2025 16:07

Qoraqalpog‘istonda aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar

Joriy yilning 1–4 iyul kunlari “O‘zsanoatqurilishbank” rahbariyati Qoraqalpog‘istonning Toxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida bo‘lib, mahalliy aholi hamda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazdi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholining tadbirkorlikka keng jalb etilishi, bandlik va daromad manbalarini oshirishga qaratilgan barcha tashabbuslar inson qadri, uning munosib turmush kechirishiga xizmat qilmoqda.

“Mahallabay” ishlash, “mahalla yettiligi” faoliyati va “bir kontur – bir mahsulot” kabi loyihalar ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali yondashuvlar qatoriga kiradi. Ushbu dasturlar doirasida banklar ham mutasaddilar bilan birgalikda har bir mahallada aholining kayfiyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab, bandlik va daromad manbalarini yaratishga munosib hissa qo‘shmoqda.

“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Toxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda 60 dan ziyod tadbirkorlar qatnashdi. Unda hududning iqtisodiy salohiyati, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va biznesni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarida fikr almashildi. Shuningdek, tadbirkorlarga texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlov vositalari, jumladan bank kredit mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan 18 dan ortiq masala va murojaat joyida hal etildi.

Bundan tashqari, bank rahbariyati “mahalla yettiligi” tizimiga ko‘ra biriktirilgan “Do‘stlik” (Toxiatosh) va “Kiyet” (Qo‘ng‘irot) mahallalariga ham tashrif buyurib, mikroloyihalar asosida chorvachilik, parranda yetishtirish va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat boshlagan fuqarolar bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi.

Prezidentimiz ilgari surgan “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan agrar islohotlar, xususan ushbu yo‘nalishdagi loyihalarning joriy holati, yer maydonlaridagi ekinlar ahvoli, mahsulot yetishtirish va uni sotish masalalari joyida o‘rganildi.

Ishchi guruhlar faoliyati izchil davom etmoqda.

                                                                                                                                                                                                      Bank axborot xizmati


















Другие новости

27.02.2026 14:05:49
Milliy liboslar kuni – an’analar bayrami!

SQBda milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan o‘ziga xos muhit hukm surmoqda. “Milliy liboslar kuni” munosabati b ...

27.02.2026 14:02:19
Yangi to‘lov tartibi joriy etilmoqda

2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda – bank kartalari, mobil ilovalar va elektron tizim ...

26.02.2026 17:34:58
SQB rahbariyati bank yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi hamda bank tizimida faoliyat ...


Дата последнего обновления: 04.07.2025 16:08  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo