Yangiliklar

SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda


12.10.2026 06:07

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va bankning ijobiy imijini mustahkamlashga qaratilgan ikki kunlik media-trening o‘tkazildi. Media PPL kommunikatsiya guruhi tomonidan tashkil etilgan ushbu treningda jamoatchilik bilan aloqalar, strategik kommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘yicha tajribali mutaxassislar ishtirok etdi.
DSC03037.JPG

Mashg‘ulotlarga fan doktori (DSc), New Media Education Center asoschisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti PR kafedrasi professori Beruniy Alimov ekspert sifatida jalb etildi. U xalqaro jurnalistika va davlat kommunikatsiyalari sohasida katta tajribaga ega. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, o‘quv dasturida bankning o‘ndan ortiq departamenti va tarkibiy bo‘linmalari vakillari qatnashdi. Ushbu media-trening turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida tajriba almashish va kommunikatsiyalarga yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.
DSC03027.JPG

Mashg‘ulotlar davomida bank reputatsiyasini boshqarish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va shaxsiy brendni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, axborotni aniq va tushunarli yetkazish, asosiy xabarlarni to‘g‘ri shakllantirish hamda OAV vakillari bilan samarali ishlash tamoyillariga e’tibor qaratildi. Biroq tadbir nazariy bilimlar bilangina cheklanib qolmadi. Ishtirokchilar amaliy topshiriqlarni bajarish, turli kommunikativ vaziyatlarni tahlil qilish va o‘z fikrini asosli bayon etish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi. Bu orqali muloqot jarayonida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyati yaratildi.

Bugungi axborot muhitida bank faoliyati haqida ishonchli va izchil ma’lumot berish muhim ahamiyatga ega. Bunda nafaqat matbuot xizmati, balki mijozlar va hamkorlar bilan bevosita ishlaydigan xodimlarning ham kommunikatsiya madaniyati muhim o‘rin tutadi. SQBda bunday o‘quv tadbirlarini tashkil etish xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, korporativ kommunikatsiyalar sifatini yaxshilash va bankning ishchanlik obro‘sini barqaror saqlashga qaratilgan tizimli ishlarning bir qismidir.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati.





Другие новости

20.10.2026 10:15:45
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

16.10.2026 18:58:12
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...


Дата последнего обновления: 13.10.2026 11:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send