Все Кредиты
Jurnalistlarni Oʻzsanoatqurilishbank koʻmagida ishga tushirilgan loyihalar bilan tanishtirish tadbirlari faol davom etmoqda. Joriy yilning 6-noyabr kuni shu maqsadda poytaxtimizdagi “Mediart” xususiy klinikasiga press-tur uyushtirildi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida xususiy sektorni yanada rivojlantirish, shu jumladan, sogʻliqni saqlash sohasida xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tibbiyot ixtisosliklari turiga mos keladigan hamda sanitariya normalari talablariga javob beradigan bino bilan taʼminlash yoʻlida qulay kredit va lizing mexanizmlari joriy etildi.
“Mediart” xususiy klinikasini barpo etishda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 2 mlrd. soʻm hajmida kredit ajratildi. Natijada ilgʻor xorijiy andozalarda yirik shifo maskani ishga tushirildi. Zamonaviy SO2 lazer, kolposkopiya, UTT apparati va eng soʻngi rusumdagi laboratoriya apparatlari bilan jihozlandi. Qirqqa yaqin ish oʻrni yaratildi, jumladan, oʻndan ziyod oliy toifali shifokorlar jalb qilindi.
– Kolposkopiya – ayollarda uchraydigan kasalliklarni erta aniqlash, xususan toʻqimalarning tuzilishi va ularning oʻzgarishlarini toʻliq oʻrganish, prekanseroz holatlarini aniqlashga imkon beruvchi eng zamonaviy uskuna sanaladi, – deydi “Mediart” nodavlat tibbiyot muassasasi rahbari, bosh shifokor Goʻzal Hayitboyeva. – Bugungi kungacha mazkur apparat orqali 2 mingdan ziyod ayollarimiz maxsus tekshiruvdan oʻtkazilib, davo choralari yordamida farzandli boʻlishdi.
Ayni paytda klinikada kuniga 100 dan ortiq bemorlarga endokrinologiya, ginekologiya, reproduktologiya, nevropatologiya, kosmetologiya, LOR kabi yoʻnalishlarda sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatilmoqda.
– Oʻtgan yil 18-mart kuni Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti biz, shifokorlarni oʻzgacha ruhlantirdi, kasbimizga nisbatan faxr-iftixor tuygʻusini oshirdi, sidqidildan xizmat koʻrsatishga, yangi marralar sari odim qadam tashlashga undadi, – deydi “Mediart” nodavlat tibbiyot muassasasi rahbari Goʻzal Hayitboyeva. – Uchrashuvdan soʻng shaxsan biz koreyalik hamkasblar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, katta ishlarga qoʻl urdik.
Jurnalistlar klinikadagi qulayliklar bilan tanishdi, shifokorlar va davolanayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashdi. Korxona masʼullari bilan muloqotda shifo maskanini kengaytirish, jumladan, jarrohlik yoʻnalishida ham xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilib, qoʻshimcha 50dan ortiq ish oʻrni yaratilishi haqida maʼlumotga ega boʻldi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...