Все Кредиты
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Prezidentimizning 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlarining hisobdorligi ta’minlanmoqda.
“Ochiq eshiklar kuni”da O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ISO 37001:2016 standarti talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi talablari doirasida olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Ta’kidlanganidek, tizim bank faoliyatida xatarlar xavfini kamaytirishga, manfaatdor tomonlar oldida oshkoralik va ishonchlilikni ta’minlashga, shuningdek muassasa va manfaatdor tomonlarni korrupsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalashga xizmat qilmoqda.
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida 83 nafar rahbar xodim, shu jumladan Boshqaruv a’zolari “Manfaatlar to‘qnashuviga oid” onlayn test sinovlaridan o‘tkazildi, Bosh bank va hududiy tarmoqlardan 2130dan ziyod xodimlar korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlar hamda ularni baholash tizimi bo‘yicha o‘qitildi. Bu borada 515 nafar xodim o‘rtasida test sinovlari o‘tkazildi, korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi.
Tadbirda ishtirokchilar Bank tizimida korrupsiyaga oid shubhali ma’lumotlarni qabul qilishga mo‘ljallangan maxsus aloqa kanallari va ularni tekshirish mexanizmi bilan tanishtirildi.
Bank tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-ahloq kodeksi, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida nizom, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida reglament, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti kabi ichki me’yoriy hujjatlarning o‘z vaqtida va puxta ishlab chiqilgani ushbu g‘ayriijtimoiy illatga qarshi kurashish bo‘yicha muassasa faoliyati reytingini “yaxshi” toifadagi tashkilotlar qatorida saqlab kelayotganiga omil ekani ta’kidlandi.
Bank xodimlari hamda mijozlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari ko‘lamini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Bank Axborot xizmati
Bank oldida muhim vazifa turibdi – O‘zbekiston iqtisodiyotining transformatsiyasiga ko‘maklashish. Bu jarayonga ...
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida "O‘zsanoatqurilishbank"ning filiall ...
Joriy yilning 5-7-noyabr kunlari O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning shu yil 5 iyundagi “O‘zbekis ...