Tadbirlar

O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashqi audit natijalari ijobiy


16.07.2024 12:32

Joriy yilning 9-12-iyul kunlari O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi samaradorligi va xalqaro ISO 37001:2016 standart talablariga muvofiqligi bo‘yicha II Kuzatuv audit tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada tizim faoliyati samaradorligi yuqori deb baholandi.

O‘zsanoatkurilishbank tizimida Prezidentimizning 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlar doirasida yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilingan. Korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlil jarayonlari “Cert International” – xalqaro sertifikatlash tashkiloti auditorlari tomonidan Bosh bank, Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofislari faoliyati misolida o‘rganildi.

Audit natijalariga asosan bank tizimida korrupsiyaga karshi kurashish borasida nomuvofiqliklar aniqlanmay, uning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga munosibligi yana bir bor tasdiqlandi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

19.08.2026 16:33:47
SQBda IPO jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

2026-yil 19-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da “Deloitte” kompaniyasining EMEA Equity Capital Markets yo ...

12.08.2026 15:03:24
Yangi ishga qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarini oshirish

 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida Bankka yangi ishga qabul qilingan xodimlarning huquqiy ongi va ...

03.08.2026 16:50:56
SQB filiallarida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbankning barcha hududiy BXM va BXO filiallarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbir ...


Дата последнего обновления: 16.07.2024 12:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send