
SQBning joylardagi bank xizmatlari markazlari va bank xizmatlari ofislari xodimlari nafaqat mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatish, balki oʻzlari faoliyat yuritayotgan hududlarni obod va koʻrkam saqlashga ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Obod va ozoda ish muhiti, gullarga burkangan maskan inson kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, mehnat unumdorligini oshiradi,. Jamoada yanada koʻtarinki ruh bagʻishlab, masʼuliyat hissini mustahkamlaydi. Bunday tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Bu kabi ezgu amaliy ishlar Oʻzsanoatqurilishbankning barcha bank xizmatlari markazlari va bank xizmatlari ofislarida izchil davom ettirilmoqda. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bank jamoasining korporativ madaniyati hamda ijtimoiy masʼuliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida muntazam qoʻllab-quvvatlanmoqda.
O‘zsanoatqurilishbank mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va energiya tejamkor texn ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xodimlar orasida halo ...
2025 yil uchun tasdiqlangan umumiy media-reja doirasida “Risk” bloki, Marketing hamda Xodimlar va ta ...

