Biz bilan orzuingizdagi uyni sotib oling
Kredit maqsadi | Yangi uy-joy1 sotib olish uchun | |||
2021 yil 25 dekabrga qadar taqdim etilgan subsidiya xabarnomalari uchun | ||||
Hudud | Qishloq joylarda | Shaharlarda | Toshkent shahrida | |
Kredit maksimal miqdori | 267 750 000 so’m | 309 400 000 so’m | 339 150 000 so’m | |
2021 yil 25 dekabrdan so'ng taqdim etilgan subsidiya xabarnomalari uchun | ||||
Hudud | Qoraqolpog'iston Respublikasi va viloyatlar | Toshkent shahrida | ||
Kredit maksimal miqdori | 327 250 000 so’m | 416 500 000 so’m | ||
Kredit muddati | 20 yil | |||
To’lov usuli | qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial | |||
Imtiyozli davr | 6 oy (differensial toʼlovi usulida) | |||
Kreditning yillik foiz stavkasi2 | 18 % | |||
*Kreditning yillik foiz stavkasi2 | 17 % (Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun emissiya qilingan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kartalari egalariga) | |||
Boshlang'ich to'lovi | 15 % | |||
Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko'rsatgichi belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda, ularning bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko'rsatkichini hisoblashda qo’shilishi mumkin. |
1 Birlamchi bozordan foydalanishga topshirilganiga uch yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobida bo’lgan ko’p kvartirali uydagi xonadonlar.
2 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi;
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo'yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to'lov jadvaliga muvofiq har oyda to'lash uchun yetarli bo'lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo'lishi;
v) qarz yuki ko'rsatkichi (ipoteka krediti bo'yicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori bo'lmasligi;
g) ipoteka kreditini ajratishni ko'rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi mavjud bo'lmasligi.
krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan О‘zbekiston respublikasi fuqarosi;
qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
kamida 4 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi.