Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling
Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting
Bank bilan kredit shartnomasini imzolang (unda ko`rsatilgan miqdor oliygoh hisobvarag`iga o`tkaziladi)
Yangi bilimlarga intiling!
Ta’lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan, shu jumladan 65 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit ajratiladi.

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
*Расчеты носят исключительно информативный характер. Общая сумма рассчитывается индивидуально.
Kreditning maqsadi:
Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt summasini to‘lash.
Istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qaroriga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan askarlarga o‘qishning birinchi yili uchun masofaviy ta’lim shaklida ham ta’lim krediti ajratilishi mumkin.
Ta’lim krediti bo‘yicha arizalar “ta’lim-krediti.mf.uz” platformasiga integratsiya qilingan bankning elektron dasturi orqali qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Kredit muddati:
Rasmiy o‘qishni yakunlash sanasi + 6 oy imtiyozli davr + 7 yil.
Kredit miqdori:
Oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorigacha.
Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun GPA ko‘rsatkichi hisobga olinadi:
Kredit foiz stavkasi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida (14%).
Xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilsa, kredit foizi mutanosib ravishda pasaytiriladi. Asosiy stavka oshirilsa, kredit foizi o‘zgarmaydi.
Imtiyozli davr:
Talabaning rasmiy o‘qishni tamomlash muddati + 6 oy.
To‘lov grafigi:
Differensial.
Mahsulotni olish usuli:
Kredit mablag‘i to‘lov-kontrakt shartnomasiga asosan ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ta’minot turlari:
Jismoniy shaxs bo‘lgan kafilga qo‘yiladigan talablar:
kredit olish uchun murojaat qilingan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan, shu jumladan 65 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.
Garov qiymati:
kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi lozim;
bank bilan aloqador shaxslar uchun — kredit summasining kamida 130%ini tashkil etishi lozim.
Zarur hollarda bank qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha hujjatlarni, shu jumladan birgalikda qarz oluvchiga oid ma’lumot va hujjatlarni talab qilishi mumkin.

