Davlat dasturlari ijrosi

Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar uchun qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi tashkil etildi


19.06.2023 09:48

 Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar uchun qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi binosida qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzsanoatqurilishbank mijozlaridan iborat yigirmaga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash hamda investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, shu jumladan 550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish va shu orqali 2023-yilda qoʻshimcha 5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish vazifalari belgilandi.

Ayni kunlarda mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash yoʻlida mutasaddi tashkilotlar qatori Oʻzsanotaqurilishbank tomonidan ham tadbirkorlar oʻrtasida keng koʻlamli targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi binosida tashkil etilgan qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi ham bank tomonidan faol qoʻllab-quvvatlandi. Unda bank mijozlari boʻlgan tadbirkorlar ham oʻz stendlarini tashkil etib, ham tashrif buyuruvchi sifatida qatnashishdi.

Koʻrgazmada “yashil” texnologiyalar bilan birga ularni yetkazib beruvchilar hamda tijorat banklari xizmatlari ham namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari qatori Oʻzsanoatqurilishbank “Green banking” departamenti masʼullari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda muqobil energiya manbalaridan foydalanish afzalliklari, bu borada muassasa tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “yashil” kreditlar shartlari xususida maʼlumot berildi.

Tadbirlarda 300 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости


Дата последнего обновления: 19.06.2023 09:49  
up