Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar uchun qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi tashkil etildi


19.06.2023 09:48

 Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar uchun qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi binosida qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzsanoatqurilishbank mijozlaridan iborat yigirmaga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash hamda investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, shu jumladan 550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish va shu orqali 2023-yilda qoʻshimcha 5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish vazifalari belgilandi.

Ayni kunlarda mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash yoʻlida mutasaddi tashkilotlar qatori Oʻzsanotaqurilishbank tomonidan ham tadbirkorlar oʻrtasida keng koʻlamli targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi binosida tashkil etilgan qayta tiklanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalar koʻrgazmasi ham bank tomonidan faol qoʻllab-quvvatlandi. Unda bank mijozlari boʻlgan tadbirkorlar ham oʻz stendlarini tashkil etib, ham tashrif buyuruvchi sifatida qatnashishdi.

Koʻrgazmada “yashil” texnologiyalar bilan birga ularni yetkazib beruvchilar hamda tijorat banklari xizmatlari ham namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari qatori Oʻzsanoatqurilishbank “Green banking” departamenti masʼullari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda muqobil energiya manbalaridan foydalanish afzalliklari, bu borada muassasa tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “yashil” kreditlar shartlari xususida maʼlumot berildi.

Tadbirlarda 300 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

08/10/2026 10:21:04 am
Tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Meh ...

08/06/2026 04:52:00 pm
Bank ko‘magi yangi biznes va yangi ish o‘rinlariga zamin yaratmoqda

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotig ...

08/05/2026 12:14:37 pm
Biznes rivoji yo‘lidagi takliflar muhokama markazida

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotining yuksak saviyada o‘tkazilishi uchun Oʻzsanoatqurilish ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.06.2023 09:49  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит