Bo'sh ish o'rinlari

Korporativ markaz ish yurituvchisi (0,5 stavka) lavozimiga mas’uliyatli, tartibli va tashabbuskor xodim ishga taklif etiladi!


28.10.2026 16:32

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

·         Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

·         O‘zbek tilida savodli va ravon yozish hamda so‘zlash;

·         MS Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

·         Hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish tartib-qoidalarini bilish;

·         Mas’uliyatlilik, intizomlilik va jamoada ishlash qobiliyati;

·         Topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Asosiy vazifalar:

·         Kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va yuritish;

·         Buyruq, bayonnoma, xat va boshqa xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish;

·         Hujjatlar ijrosini nazorat qilish;

·         Korporativ markaz hujjatlari arxivini shakllantirish va saqlash;

·         Rahbariyat topshiriqlari hamda kundalik ish yuritish jarayonlarini tashkil etish.

 Ish joyi: Korporativ markaz
 Bandlik: 0,5 stavka (yarim stavka)
 Ish haqi: Suhbat asosida kelishiladi.

 Rezyumelarni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin:
hr@sqb.uz

O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, bilimli va tashabbuskor nomzodlarni jamoamizda kutib qolamiz!





Другие новости


Дата последнего обновления: 05.11.2026 16:33  
up