Bo'sh ish o'rinlari

SQB Qoraqalpog‘iston Respublikasida garov bilan ishlash bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


29.10.2026 10:08

Bo‘linma: Garov markazi.

Asosiy vazifalar:

  • Garov ta’minoti sifatida taklif etilayotgan mol-mulkni joyiga chiqib ko‘zdan kechirish;

  • Garov mulkiga oid hujjatlarni tahlil qilish va tekshirish;

  • Garov ta’minotini rasmiylashtirish, garov shartnomalarini tayyorlash va imzolash jarayonlarida ishtirok etish;

  • Garov mulkining holatini monitoring qilish;

  • Garov ta’minoti tarkibidagi o‘zgarishlar va mulkni qayta baholash jarayonlarini nazorat qilish;

  • Belgilangan tartibda hisobotlarni tayyorlash.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy, yuridik yoki boshqa tegishli yo‘nalishdagi ma’lumot;

  • Bank sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;

  • Garov ta’minoti jarayonlarini bilish va tegishli hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari;

  • Tahliliy fikrlash va hujjatlar bilan ishlash qobiliyati;

  • Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va maxfiylik talablariga rioya qilish.

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости


Дата последнего обновления: 06.11.2026 10:09  
up