SQB Angren BXM Servis menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi
30.09.2026 10:01
Mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirish va bank mahsulotlarini ilgari surishga qiziqadigan nomzodlarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
Mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatish;
Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash hamda ularga mos bank mahsulot va xizmatlarini taklif qilish;
Bank mahsulotlarini sotish va kross-sotuvlarni amalga oshirish;
Mijozlarning murojaatlari, savollari va talablarini ko‘rib chiqish hamda ularni o‘z vaqtida hal etish;
Bank hisobvaraqlarini ochish va bank mahsulotlariga ulash uchun zarur hujjatlarni shakllantirish va tekshirish;
Mijozlar ma’lumotlarini tegishli tizimlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritish;
KYC, AML/CFT, komplayens talablari hamda Bankning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
Xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlar qoniqishini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Faoliyat natijalari va belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot;
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Muloqot qilish, muzokaralar olib borish va mijozlarning ehtiyojlarini aniqlay olish;
Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik;
CRM tizimlari va MS Office dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan samarali ishlay olish.
Rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin:
hr@sqb.uz 
36
Другие новости