Bo'sh ish o'rinlari

SQB Yunusobod BXMga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


30.09.2026 09:32

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtirok etishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni faollashtirish va ularning ehtiyojlarini aniqlash.
• Hisob-raqamlar, kreditlar, depozitlar, masofaviy bank xizmatlari va korporativ kartalarni taklif qilish hamda sotish.
• Kichik va o‘rta biznes loyihalarini tahlil qilish va mijozlarning kredit layoqatini baholash.
• Kredit hujjatlari yig‘ma jildini shakllantirish hamda kredit ajratish jarayonini muvofiqlashtirish.
• Mijoz hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish.
• Mijozlar ma’lumotlarini bank axborot tizimlariga kiritish va yangilab borish.
• Yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ta’minlash hamda xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Markaziy bank talablari va AML/CFT qoidalariga muvofiq mijozlarni identifikatsiyalash hamda ichki me’yoriy hujjatlarga rioya qilish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости

22.10.2026 11:52:59
SQB shartnoma majburiyatlari monitoringi bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti. Asosiy vazifalar: ...

22.10.2026 10:22:49
SQB bank xizmatlari ofisi nazoratchisi (bosh buxgalteri) lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...

21.10.2026 16:46:52
SQB Farg'ona BXO, Sirdaryo BXO va Kirguli BXMlariga biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribag ...


Дата последнего обновления: 30.09.2026 14:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send