Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti — Yuridik majburiyatlarni rasmiylashtirish xizmati menejeri
06.10.2026 10:48
Asosiy vazifalar:
- Davlat xaridlari doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni rasmiylashtirish;
- Bankda xaridlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq xarid jarayonlarini tashkil etish;
- Tashabbuskor bo‘linmalardan kelib tushgan xarid talabnomalarini o‘rganish va tahlil qilish;
- Xarid qilinishi rejalashtirilgan tovar, ish va xizmatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
- Xaridlar bo‘yicha tegishli farmoyish va hujjatlarni tayyorlash hamda EDO tizimi orqali kelishish;
- Tender va tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash;
- Xarid hujjatlarini o‘rganish va shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
- EHA va EDO tizimlari orqali kelib tushgan topshiriq va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida ijro etish.
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumot;
- Bank-moliya yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Xaridlar, shartnomalar va bank-moliya jarayonlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
- Amaldagi qonunchilik va bankning ichki me’yoriy hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Hujjatlar bilan ishlash va tahliliy fikrlash qobiliyati;
- Mas’uliyatlilik, muomala layoqati va ijro intizomiga rioya qilish;
- EDO/EHA tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.
Rezyume yuborish:
hr@sqb.uz

73
Другие новости
05.10.2026 10:23:49
Capital Markets Manager — SQB
SQB Investment Banking jamoasiga Capital Markets Manager lavozimiga mutaxassis izlaymiz!
Asosiy vaz ...