Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti — Yuridik majburiyatlarni rasmiylashtirish xizmati menejeri


06.10.2026 10:48

Asosiy vazifalar:

  • Davlat xaridlari doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni rasmiylashtirish;
  • Bankda xaridlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq xarid jarayonlarini tashkil etish;
  • Tashabbuskor bo‘linmalardan kelib tushgan xarid talabnomalarini o‘rganish va tahlil qilish;
  • Xarid qilinishi rejalashtirilgan tovar, ish va xizmatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
  • Xaridlar bo‘yicha tegishli farmoyish va hujjatlarni tayyorlash hamda EDO tizimi orqali kelishish;
  • Tender va tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash;
  • Xarid hujjatlarini o‘rganish va shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
  • EHA va EDO tizimlari orqali kelib tushgan topshiriq va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida ijro etish.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy ma’lumot;
  • Bank-moliya yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • Xaridlar, shartnomalar va bank-moliya jarayonlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
  • Amaldagi qonunchilik va bankning ichki me’yoriy hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Hujjatlar bilan ishlash va tahliliy fikrlash qobiliyati;
  • Mas’uliyatlilik, muomala layoqati va ijro intizomiga rioya qilish;
  • EDO/EHA tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.

Rezyume yuborish:
 hr@sqb.uz





Boshqa yangiliklar

11/20/2026 05:28:01 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining Biznes menejerlar guruhi katta biznes menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qiliş, mavjud mijozlar bazasini kengaytiriş va qayta faollaştiriş; ...

11/20/2026 02:18:08 pm
SQB Qo'qon BXMga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kut ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 06.10.2026 15:48  
up