Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbankda yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi


14.06.2024 18:13

O‘zsanoatqurilishbankda yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, “Cert International” sertifikatlash tashkiloti hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Ma’lumki, shu yilning 5-iyun kuni Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Tadbirda mazkur qonun davlat organlari va davlat ulushi 50 foizdan ortiq kompaniyalarga nisbatan tadbiq etilishi ta’kidlandi. Manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi haqida tushuncha berildi.

Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yohud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyatdir.

– Mazkur qonunning qabul qilinishi davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi tizimli islohotlarning yana bir amaliy ifodasidir, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmonov. – Bankimiz tomonidan ham korrupsiyaga murosasizlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini bartaraf qilish hamda bu illatning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Natijada 2022 yilda bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi Xalqaro ISO 37001:2016 standart talablariga muvofiqlashtirilib, “Cert International” sertifikatlash tashkiloti tomonidan sertifikat taqdim etildi.

Bank tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va boshqarish ishlari joriy etildi.

Odob-axloq komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda ishtirokchilar mazkur qonunning mazmun-mohiyati to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

25.03.2025 11:59:33
“SQB futzal klubi”: jamoaviy sport va sog‘lom avlod sari dadil qadam

Yurtimizda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, yoshlarni sportga jalb qilish ...

21.03.2025 12:40:39
Qurilish materiallari sanoati Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligi asosida yanada rivojlantiriladi

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik tobora mustahkamlanib, qurilish materiallari sanoatidagi ...

20.03.2025 15:41:43
Navro‘z – qadriyatlarimiz tantanasi

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi Navro‘z ayyomi va “Milliy liboslar kuni”ni an’analarga mos tarzda ko‘tarinki ruhda ...


Дата последнего обновления: 14.06.2024 18:17  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo