Risk madaniyatini mustahkamlash va xodimlar xabardorligini oshirishda amaliy sessiyalar hamda ochiq darslar muhim ahamiyat kasb etmoqda
20.06.2025 13:27

2025 yil uchun tasdiqlangan umumiy media-reja doirasida “Risk” bloki, Marketing hamda Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentlari tomonidan amaliy sessiyalar, ochiq darslar va master-klasslar muvaffaqiyatli tashkil etilmoqda. Joriy yilning II-choragida Bosh ofisda oflayn formatdagi sessiyalar, shuningdek, onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Jumladan:
- Product Management’ni rivojlantirish va AGILE metodologiyasini qo‘llash (Alfa-Bank eksperti – I. Shildhauer);
- Bankda risklarni boshqarish (Risk bosh direktori – S. Ismagilov);
-
Kredit portfeli sifatini monitoring qilish standartlari va risklarni boshqarish (Chakana va kichik biznes kredit risklari xizmati rahbari – L. Torozian);
-
Garov markazi faoliyati haqida (Korporativ risklar xizmati rahbari – V. Sergeev);
-
RAROC kalkulyatori, moliyaviy tahlil bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar – analitik balans, savdo moliyasi va faktoring (Anderrayting nazorati va garovlarni baholash xizmati rahbari – V. Tsipurka);
-
Korxonalar moliyasi (Anderrayting nazorati va garovlarni baholash xizmati rahbarining o‘rinbosari – S. Krupin).
Ushbu tadbirlar orqali jahon tajribasini o‘zlashtirish, dolzarb kasbiy savollarga javob olish va bankni texnologik hamda innovatsion rivojlanish yo‘lida ilgarilashini ta’minlash mumkin.
Ochiq darslar, amaliy sessiyalar va master-klasslar doimiy ravishda davom ettiriladi. 2025 yilning III-choragi uchun quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
- Moliyaviy tahlil (analitik balans) va Collection (V. Tsipurka);
-
Sun’iy intellekt (Risk Data Science xizmati va yosh iste’dodlar rivoji rahbari – Ye. Sorokin);
-
Risk modellashtirish: amaliy qo‘llash va korporativ portfelni risk darajalari bo‘yicha segmentatsiya qilish (A. Prigaro);
-
Moliyaviy bozorlar, VaR, foiz risklari (Integral risklar xizmati rahbari – A. Manoylenko);
-
Operatsion risklarni baholash va boshqarish (Operatsion risklar xizmati rahbari – A. Chernov).
Master-klasslar haqidagi dolzarb ma’lumotlar Bankning Xodimlar bilan ishlash va tashkilotni rivojlantirish departamenti tomonidan e’lon qilib boriladi.
Yangiliklarni kuzatib boring va faol ishtirok eting!

1023
Другие новости