Risk madaniyatini mustahkamlash va xodimlar xabardorligini oshirishda amaliy sessiyalar hamda ochiq darslar muhim ahamiyat kasb etmoqda


20.06.2025 13:27

Risk madaniyatini mustahkamlash va xodimlar xabardorligini oshirishda amaliy sessiyalar hamda ochiq darslar muhim ahamiyat kasb etmoqda

2025 yil uchun tasdiqlangan umumiy media-reja doirasida “Risk” bloki, Marketing hamda Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentlari tomonidan amaliy sessiyalar, ochiq darslar va master-klasslar muvaffaqiyatli tashkil etilmoqda. Joriy yilning II-choragida Bosh ofisda oflayn formatdagi sessiyalar, shuningdek, onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Jumladan:
  • Product Management’ni rivojlantirish va AGILE metodologiyasini qo‘llash (Alfa-Bank eksperti – I. Shildhauer);
  • Bankda risklarni boshqarish (Risk bosh direktori – S. Ismagilov);
  • Kredit portfeli sifatini monitoring qilish standartlari va risklarni boshqarish (Chakana va kichik biznes kredit risklari xizmati rahbari – L. Torozian);
  • Garov markazi faoliyati haqida (Korporativ risklar xizmati rahbari – V. Sergeev);
  • RAROC kalkulyatori, moliyaviy tahlil bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar – analitik balans, savdo moliyasi va faktoring (Anderrayting nazorati va garovlarni baholash xizmati rahbari – V. Tsipurka);
  • Korxonalar moliyasi (Anderrayting nazorati va garovlarni baholash xizmati rahbarining o‘rinbosari – S. Krupin).

Ushbu tadbirlar orqali jahon tajribasini o‘zlashtirish, dolzarb kasbiy savollarga javob olish va bankni texnologik hamda innovatsion rivojlanish yo‘lida ilgarilashini ta’minlash mumkin.

Ochiq darslar, amaliy sessiyalar va master-klasslar doimiy ravishda davom ettiriladi. 2025 yilning III-choragi uchun quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
  • Moliyaviy tahlil (analitik balans) va Collection (V. Tsipurka);
  • Sun’iy intellekt (Risk Data Science xizmati va yosh iste’dodlar rivoji rahbari – Ye. Sorokin);
  • Risk modellashtirish: amaliy qo‘llash va korporativ portfelni risk darajalari bo‘yicha segmentatsiya qilish (A. Prigaro);
  • Moliyaviy bozorlar, VaR, foiz risklari (Integral risklar xizmati rahbari – A. Manoylenko);
  • Operatsion risklarni baholash va boshqarish (Operatsion risklar xizmati rahbari – A. Chernov).

Master-klasslar haqidagi dolzarb ma’lumotlar Bankning Xodimlar bilan ishlash va tashkilotni rivojlantirish departamenti tomonidan e’lon qilib boriladi.

Yangiliklarni kuzatib boring va faol ishtirok eting!





Boshqa yangiliklar

02/23/2026 02:58:14 pm
SQB tomonidan yashil energetika loyihalari amalga oshirilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va energiya tejamkor texn ...

01/30/2026 06:14:34 pm
Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xodimlar orasida halo ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.06.2025 13:41  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит