Все Кредиты
“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”
aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kuzatuv kengashi 2023 yil 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00da, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Bosh ofisining majlislar zalida bank aksiyadorlari navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
1. Bank Kengashi va Boshqaruvining 2022 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati hamda bankni rivojlantirish strategiyasining bajarilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.
2. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yildagi faoliyati natijalariga ko‘ra, ichki audit xulosasini eshitish.
3. Bankning 2022 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4. Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash a’zosiga korporativ yil uchun to‘lanadigan mukofot va kompensatsiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.
5. 2022-2023 korporativ yilida Bank Kengashining o‘zini-o‘zi hamda har bir Kengash a’zosini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
6. Bankda korporativ boshqaruv tizimi bo‘yicha 2022 yil yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan xalqaro (KPMG) mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
7. Bank Boshqaruvi Raisi va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini tuzish/uzaytirish to‘g‘risida.
8. 2023 moliya yili bo‘yicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p xaq miqdorini belgilash.
9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB nodavlat aksiyadorlarining huquqlari tengligiga rioya qilishi bo‘yicha qo‘llanmani tasdiqlash.
10. 2022 yil 24 iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 31-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston sanoat qurilish banki” aksiyadorlik-tijorat banki ustaviga (yangi tahrirda) o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqlash.
11. 2021 yil 30 dekabrdagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 03/2021-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston sanoat qurilish banki” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglamentga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqlash.
12. 2020 yil 28 maydagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 01/2020-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston sanoat qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi to‘g‘risidagi Nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
13. 2019 yil 28 iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 31-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston sanoat qurilish banki” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
14. 2014 yil 13 iyundagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 31-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston sanoat qurilish banki” aksiyadorlik-tijorat banki Taftish komissiya to‘g‘risidagi nizomini (yangi taxrirda), shuningdek, unga qilingan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni bekor qilish.
15. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi a’zolariga mukofot va kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida Nizomini tasdiqlash.
16. 2021 yil 30 dekabrdagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 03/2021-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi a’zolari va Taftish komissiya a’zolariga mukofot va kompensatsiya to‘lash to‘g‘risidagi Nizomini bekor qilish.
17. 2021 yil 28 maydagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 01/2021-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ boshqaruv kodeksiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
18. 2019 yil 11 maydagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 03/2019-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ boshqaruv qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni
tasdiqlash.
19. 2021 yil 28 maydagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 01/2021-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni 2021-2023 yillarda rivojlantirish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
20. Bank tomonidan “Ko‘zda tutilmagan holatlar” (95413 va 91501) hisob varag‘iga o‘tkazilgan va 5 yildan o‘tgan umidsiz kreditlar bo‘yicha qarzdorliklarni hisobdan chiqarish.
21. Osiyo taraqqiyot bankining Bank ustav kapitaliga konvertatsiya qilinadigan 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi milliy valyuta - so‘m ekvivalentidagi kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida.
· Aksiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilishning o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2023 yil 31 may.
· Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2023 yil 21 iyun.
· Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz yoki info@sqb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Shu bilan birga, ushbu hujjatlar bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Korporativ boshqaruv xizmatida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar ish kunlari soat 10:00dan 18:00gacha tanishib chiqishingiz mumkin. Manzil: Shahrisabz ko‘chasi, 16A-uy, mo‘ljal: Oybek nomli metro bekati.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2023 yil 27 iyun kuni yig‘ilish o‘tkaziladigan manzilda Toshkent vaqti bilan soat 1000 da boshlanib, 1055 da tugatiladi.
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun:
- aksiyador (jismoniy shaxs)ni tasdiqlovchi hujjat- pasport bilan;
- aksiyador vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasporti bilan;
- yuridik shaxs maqomidagi aksiyador (korxona rahbarlari) o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnomasi, lavozimga tayinlanganlik to‘g‘risidagi buyruq nusxasi bilan;
- yuridik shaxs maqomidagi aksiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnomasi) bilan kelishlari lozim;
- chet el davlatining qonunchiligi asosida rasmiylashtirilgan ishonchnoma apostil bilan yoki konsul xizmati tomonidan legallashtirilgan shakllda tasdiqlanadi va notarius tomonidan tasdiqlangan o‘zbek yoki rus tilida tarjimasi bilan taqdim etiladi.
Ma’lumot olish uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.